NAVOIY VILOYAT SPORT BOSHQARMASI 
» » Dilmurod Nabiyev: “Birgalikda bu falokat oqibatlarini bartaraf etamiz“

» » Dilmurod Nabiyev: “Birgalikda bu falokat oqibatlarini bartaraf etamiz“

YANGILIKLAR SURATLARDA
KELIB TUSHGAN MUROJAATLAR 135
YAKUNLANDI 130
JISMONIY SHAXSLARDAN 134
YURIDIK SHAXSLARDAN 1

batafsil

Qaysi sport turiga qiziqasiz?


OVOZ BERISH NATIJALAR

FOYDALI HAVOLALAR


Dilmurod Nabiyev: “Birgalikda bu falokat oqibatlarini bartaraf etamiz“


Dilmurod Nabiyev: “Birgalikda bu falokat oqibatlarini bartaraf etamiz“

Xabaringiz bor, joriy yil 1-may kuni Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv ombori toʻgʻonining bir qismi oʻpirilishi natijasida suv omboridan chiqqan suv oqimi aholi yashash punktlariga jiddiy zarar yetkazdi.

Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, suv ombori atrofidagi hududlar aholisi xavfsiz joyga evakuatsiya qilinib, boshpana va oziq-ovqat bilan taʼminlandi.

Bugun, Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev Sardobadagi fojia natijasida uy-joyidan ayrilib, Guliston ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatiga joylashtirilgan 700 nafarga yaqin fuqaroning holidan xabar oldi va sardobaliklarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.


– Bu falokat birgina sizlarning boshingizga kelgan musibat emas. Bugun butun xalqimiz siz bilan birga. Hammamiz birlashib, bu baxtsiz hodisa oqibatlarini tezroq bartaraf etishga harakat qilamiz. Aslo tushkunlikka tushmang, tez kunlarda yana odatiy hayot tarziga qaytasizlar. Bu yerda siz va farzandlaringiz uchun barcha sharoitlar yaratib beriladi, – deb aytib oʻtdi Jismoniy tarbiya va sport vaziri D.Nabiyev Guliston IOZMIga joylashtirilgan aholi bilan muloqot chogʻida.


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tabiiy ofatdan aziyat chekkan Sardoba tumani aholisiga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, 12 turdagi jami 1500 dan ortiq sport jihozlari, 5 xildagi issiq kiyim-kechak, gigiyenik vositalar hamda bolalar uchun badiiy kitoblar jamlanmalari va maktab-oʻquv qurollari taqdim etildi.
скачать dle 12.0

O‘xshash yangiliklar
  • Navoiylik sportchilari tomonidan Sirdaryo viloyati fojeasida va Buxoro viloyatida tabiiy ofatdan jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami yuborildi.
  • Sportchilar tomonidan Sardoba fojeasida jabr chekkan oilalarga insonparvarlik yordami joʻnatildi
  • #uydaqol #hayotgaqoʻshil #sportchallenge chellenjining muddati uzaytirildi, demak sizda gʻolib boʻlish imkoni bor
  • #uydaqol! #hayotgaqoʻshil! #sportchallenge chellenjida 87 yoshli onaxon ham ishtirok etdi
  • #Uyda qol! # hayotga qoʻshil! chellenjida faol qatnashing va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiriting!